Kirish Ariza berish
Advokat va yuristlar uchun

Mijozlar sizni o'zlari topadi

qonun.ai'ga har kuni huquqiy savol bilan odamlar keladi. AI javob bera olmaydigan joyda ularga advokat kerak — profilingiz katalogda, murojaatlar esa to'g'ridan-to'g'ri panelingizga tushadi.

Litsenziya reyestrdan tekshiriladi — katalogda faqat tasdiqlangan mutaxassislar.

Panel ko'rinishi — namuna
Murojaatlar qayerdan keladi

Reklamasiz mijoz oqimi

Odam muammosini qonun.ai'ga yozadi. Ish jiddiy bo'lsa yoki o'zi mutaxassis istasa — u sizga uch yo'l bilan yetib keladi.

Katalogdan tanlov

16 ta yo'nalish va hudud bo'yicha qidiruv. Mijoz profilingiz, xizmat narxlari va sharhlarni ko'rib, buyurtmani to'g'ridan-to'g'ri sizga yuboradi.

Umumiy so'rov

Mijoz advokat tanlamasdan vaziyatini yozadi — so'rov sohasi va hududi mos advokatlarga ko'rsatiladi. Birinchi qabul qilgan oladi.

AI'dan advokatga

AI javobida "bu yerda advokat kerak" degan joyda tugma bor. Mijoz bir bosishda jonli chatga o'tadi — navbatdagi onlayn advokatga.

Panel

Ish yuritish uchun hamma narsa bitta joyda

Telefon, Telegram va daftar o'rniga — murojaatdan yakunigacha bitta panel. Kompyuterda ham, telefonda ham ishlaydi.

«Bugun» navbati

Chat takliflari va yangi buyurtmalar bitta ro'yxatda, eng uzoq kutgani birinchi.

Jonli chat va video

Fayl, ovozli xabar va brauzerda video qo'ng'iroq — dastur o'rnatish shart emas.

Mijozlar

Har bir mijozning chat va buyurtmalari bitta qatorda, qayta murojaatlar ko'rinadi.

Statistika va reyting

Profil ko'rishlari, javob tezligi, qabul foizi — katalogdagi o'rningiz nimaga bog'liqligi ochiq.

Profil va xizmatlar

Narxlar, ish vaqti, ofis manzili va xizmatlar ro'yxati — mijoz aynan shuni ko'radi.

Sharhlar

Faqat siz bilan ishlagan mijoz baho qo'yadi. Har bir sharhga javob yozishingiz mumkin.

Byuro

Hamkasblaringizni byuroga qo'shing — byuroning umumiy sahifasi katalogda.

Telegram xabarlari

Yangi murojaat, moderatsiya natijasi va oylik hisobot Telegram'ga keladi.

Odob va maxfiylik

Adolatli navbat, himoyalangan ma'lumot

  • Qabulgacha anonimIsm va raqam "Qabul" tugmasidan keyin ochiladi — so'rov hamma uchun teng sharoitda.
  • Fayllar yopiq saqlanadiPasport yoki sud qarori ochiq papkada turmaydi — faqat suhbat ishtirokchisiga, muddatli havola bilan.
  • Reytingning asosi — sifatO'rin baho, javob tezligi, qabul foizi va mijoz tasdig'idan yig'iladi. Har bir qism «Statistika» bo'limida ochiq ko'rinadi.
  • Nizoni operator hal qiladiQabul qilingan ishdan voz kechish faqat sabab bilan — operator ikkala tomon bilan gaplashadi.
Qanday qo'shilish

To'rt qadam

Ariza

qonun.ai'da F.I.Sh, litsenziya (yurist — diplom) raqami, yo'nalishlar va narx oralig'ini yozasiz.

Tekshiruv

Ma'muriyat litsenziyani reyestrdan tekshiradi. Natija Telegram'ga keladi.

Panel

Login-parolni olasiz, profil va xizmatlarni to'ldirasiz — tasdiqlangach katalogda chiqasiz.

«Qabul qilyapman»

Tugmani yoqasiz — murojaatlar kela boshlaydi. Ishlamaydigan paytda o'chirib qo'yasiz.

Tariflar

Ish hajmingizga qarab

Tarif oyiga qabul qilinadigan so'rovlar soni va qo'shimcha imkoniyatlarni belgilaydi. Batafsil solishtirish →

Start

99 000 so'm / oy

10 so'rov oyiga

Standart ko'pchilik tanlaydi

299 000 so'm / oy

30 so'rov oyiga

Pro

499 000 so'm / oy

Cheksiz so'rov oyiga · 2 o'rin

Faqat advokatlar

Byuro

999 000 so'm / oy

Cheksiz so'rov oyiga · 5 o'rin

Faqat advokatlar

Hay'at

1 999 000 so'm / oy

Cheksiz so'rov oyiga · 10 o'rin

Faqat advokatlar

Katalogga qo'shiling

Ariza bir necha daqiqa oladi. Savollar bo'lsa — yordam bo'limi.

Ariza berish Katalogni ko'rish